TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh o‘rtasida alohida departamentlar orqali aloqalar faollashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Alohida bo‘limlar o‘rtasida haqiqatan ham aloqalar mavjud va ular so‘nggi paytlarda faollashdi, ammo men sizga boshqa tafsilotlarni ayta olmayman”, - dedi Kreml vakili. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U prezident Donald Trampning AQSh Rossiya va Ukraina bilan konstruktiv muzokaralar olib borayotgani haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi. Maxsus operatsiya dinamikasi tinch muloqotga qiziqish Kiyevdan kelishi kerakligini ko‘rsatmoqda, deya qo‘shimcha qildi Peskov.
“Prezident Putin tomonidan qayta-qayta tilga olingan bizning tahlilimiz shuni ko‘rsatadiki, janob Zelenskiy o‘z mamlakatidagi qonuniylik nuqtayi nazaridan de-yure katta muammolarga ega, ammo shunga qaramay, Rossiya tomoni muzokaralar uchun ochiqligicha qolmoqda”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirar ekan, Kreml vakili bu nimagadir asoslanishi kerakligini, aks holda bu quruq so‘zlar ekanini aytdi.