Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

OAV: Ukraina nodir metallar bo‘yicha AQShdan kafolat talab qilmoqda

Ukraina rasmiylari mamlakatda 20 tadan ortiq muhim noyob mineral koni borligini aytmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ukraina nodir metallar bo‘yicha kelishuv evaziga AQSh prezidenti Donald Trampdan xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. Bu haqda "New York Times" Ukrainaning yuqori martabali mulozimiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan nodir minerallar bilan bog‘liq bitimlar bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor, agar Qo‘shma Shtatlar ushbu resurslar Rossiya qo‘liga o‘tib ketishining oldini olish uchun yetarli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa”, — deyiladi nashr.
Maqolada qayd etilishicha, Ukraina rasmiylari mamlakatda 20 dan ortiq muhim noyob yer minerallari konlari borligini, ayrim konsalting va investitsiya kompaniyalari ularning qiymatini bir necha trillion dollarga baholamoqda.
Ukrainaning unumdor yerlari endi ukrainlarga tegishli emas