BMTda Ukraina inqirozi masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin

Flag OON
Rossiya Ukraina inqirozi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘rashni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya fevral oyi o‘rtalarida Ukraina inqirozi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining tashkilotdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Rossiya fevral oyi o‘rtalarida Ukraina inqirozi bo‘yicha yig‘ilish chaqirishni rejalashtirmoqda”, — dedi Polyanskiy.
Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Fu Sun 24-fevralda bir qator davlatlar Xavfsizlik Kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishini so‘raganligini, Xitoy organning raisi sifatida fevralda o‘tkazilishini ta’minlashini ma’lum qilgandi.
Vstupivshiy v doljnost prezidenta SShA Donald Tramp
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda — Tramp