Toshkentda "Qashqadaryo va Surxondaryo zargarlik merosi" ko‘rgazmasi ochildi

Ekspozitsiyada muzey fondidan olingan XIX–XX asrlarga oid 33 ta noyob zargarlik buyumi namoyish etilmoqda
Sputnik
31 yanvar “Xalqaro zargarlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida "Qashqadaryo va Surxondaryo zargarlik merosi" nomli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazma qadimiy zargarlik san’ati namunalari orqali xalq hunarmandchiligining madaniy ahamiyatini targ‘ib qilish, milliy an’analarni asrab-avaylash va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Ekspozitsiyada muzey fondidan olingan XIX–XX asrlarga oid 33 ta noyob zargarlik buyumi namoyish etilmoqda: Surxondaryo viloyati (18 eksponat): sirg‘alar, chochpopuk, bo‘yin bezaklari, peshona taqinchoqlari, jamalak, bilaguzuk va ko‘krak bezaklari.
Qashqadaryo viloyati (10 eksponat): "Tillabargak", "Bibishaki" peshona bezaklari, "Mohi tillo" marjonlari, jamalak va ayollar do‘ppilari.
Surxondaryo va Qashqadaryoda ayollar taqinchoqlari xilma-xil bo‘lib, har biri o‘ziga xos madaniy va estetik xususiyatlarga ega. Bu yodgorliklar qadimiy Xolchayon, Dalvarzin kabi arxeologik manbalarda topilgan buyumlar bilan uyg‘unlik kasb etadi.
Ushbu zeb-ziynatlar nafaqat milliy madaniyatning yorqin namunasi, balki qadimgi zargarlik an’analarining davomiyligidan dalolatdir. Ko‘rgazma barcha qiziquvchilar uchun ochiq.
Ko‘rgazma suratlari — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
1 / 16
2 / 16
3 / 16
4 / 16
5 / 16
6 / 16
7 / 16
8 / 16
9 / 16
10 / 16
11 / 16
12 / 16
13 / 16
14 / 16
15 / 16
16 / 16