TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Rossiya va Ukraina bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalarini ma’lum qildi.
“Dam olish kunlarimiz juda band bo‘ldi. Biz Isroil, Ukraina va Rossiya bilan muomala qildik. Bizda turli tomonlar, jumladan, Rossiya va Ukraina bilan uchrashuv va suhbatlar rejalashtirilgan”, — dedi Tramp Endrus harbiy bazasida jurnalistlar savollariga javob berayotib.
Suhbat Amerika telekanallari orqali namoyish etildi. Tramp "muhokamalar juda yaxshi ketmoqda" deb aytdi.