TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Gruziyada bo‘lib o‘tayotganyosh sablyachilar o‘rtasidagi Jahon kubogida Samira Shokirova oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tbilisida o‘tayotgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda terma jamoa a’zosi Samira Shokirova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar:
Oltin medal - Samira Shokirova (O‘zbekiston);
Kumush medal - Mariella Viale (Italiya);
Bronza medallari - Janet Kovash (Vengriya), Aleksandra Mixaylova (Neytral sportchi).
Avvalroq qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov Bolgariyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.