Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Yarador tashlab ketilgan Ukraina askarlari taslim bo‘ldi — video

Rossiya askarlari ularga tibbiy yordam ko‘rsatib, ovqat-suv berishgan va yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Kuraxovo yaqinida o‘z qo‘mondonligi tomonidan yarador holda tashlab ketilgan 6 nafar Ukraina askarlari Rossiya Qurolli kuchlariga taslim bo‘ldi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, yaralangan askarlar 10 kundan ortiq vaqt davomida o‘z qo‘mondonligidan evakuatsiya qilishlarini kutgan, lekin yordam kelmagan. Shundan so‘ng ular o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishgan.
Rossiya askarlari ularga birinchi kundanoq kerakli yordamni ko‘rsatib, ovqat suv berishgan va yaxshi munosabatda bo‘lishmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiyaga borish uchun Ukraina armiyasi bilan shartnoma imzoladim — ukrain askari