Tramp BRIKS davlatlaridan dollarni almashtirish niyatidan voz kechishni talab qildi

U bunday urinishlar qilgan mamlakatlarni savdoni cheklovchi keskin choralar bilan tahdid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. BRIKS davlatlari savdoda dollarni almashtirish urinishlaridan voz kechishi kerak, deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘ida.

"Biz bu, aftidan, dushman bo‘lgan davlatlardan yangi BRIKS valyutasini yaratmaslik yoki qudratli AQSh dollari o‘rnini bosadigan boshqa valyutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini olishlarini talab qilamiz. Aks holda, ular o‘z tovarlarini ajoyib AQSh bozorida sotish uchun 100% bojlarga duch kelishadi”, - deb yozadi Tramp.

U AQSh xalqaro savdoda dollar o‘rnini bosishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Shuningdek, bunday urinishlar qilgan mamlakatlarni savdoni cheklovchi keskin choralar bilan tahdid qildi.
"Ular qurbon bo‘lishga tayyor bo‘lgan boshqa davlatni topishlari kerak bo‘ladi. BRIKSga a’zo mamlakatlarning hech biri xalqaro savdoda yoki boshqa joyda dollar o‘rnini bosish imkoniyatiga ega emas", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ushbu bayonotlarni sharhlar ekan, Oq uyning yangi egasi shunday usullardan foydalangan holda AQSh manfaatlarini dunyoda olg‘a suradi, deb ta’kidladi.
BRIKS ishtirokchilari uchun yagona to‘lov vositasining paydo bo‘lishi haqidagi munozaralar bir necha yildan beri davom etmoqda. Bunday valyutani nafaqat oltin, balki boshqa tovarlar guruhlari, xususan, noyob metallar va yer bilan ham qo‘llab-quvvatlash takliflari bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin noyabr oyi boshida "Valday" xalqaro munozara klubi yig‘ilishida so‘zga chiqib, BRIKSning yagona valyutasini yaratish haqida gapirishga hali erta ekanligini va bunday maqsad yo‘qligini ta’kidladi. Uning tushuntirishicha, bu qadam assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini yanada kengroq integratsiyalashuvi va ularning tarkibiy o‘xshashligini talab qiladi. Rossiya davlat rahbari ta’kidlaganidek, Rossiyaning tovar ayirboshlash hajmining uchdan ikki qismi BRIKS mamlakatlari bilan milliy valyutada amalga oshiriladi, bu ko‘rsatkich 88 foizga yetdi.
Dollar, BRIKS va do‘st davlatlar: Putin Moskvadagi forumda qanday fikrlar bildirdi?