Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 49 ta dronini yo‘q qildi

O‘tgan kechada navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 49 ta uchuvchisiz uchish apparatini tutib oldi va yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari yetti hududda Ukraina Qurolli kuchlarining elliktaka yaqin dronini urib tushirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan kechada navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 49 ta uchuvchisiz uchish apparatini tutib oldi va yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha:
Rostov viloyatida yigirma beshta;
Volgograd viloyatida sakkizta;
Kursk viloyatida oltita;
Yaroslavl viloyatida to‘rtta;
Belgorod, Voronej viloyatlari va Krasnodar o‘lkasida ikkitadan dron urib tushirildi.
Gubernator Mixail Yevrayev Yaroslavlga yaqinlashganda qaytarilgan hujum haqida xabar berdi. Volgograd viloyati rahbari Andrey Bocharovning aytishicha, neftni qayta ishlash zavodi hududiga uchuvchisiz samolyotlardan birining qoldiqlari tushganda yong‘in kelib chiqqan va u tezda o‘chirilgan. Yaralangan ishchilardan biri kasalxonaga yotqizilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa tizimlari dushmanning aksar apparatlarini yo‘q qiladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh instruktorlari Jitomir viloyatida Ukraina askarlarini tayyorlamoqda — asir