YeOII mamlakatlari bosh vazirlari YeOIIga a’zo mamlakatlarda uyushgan savdoda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga transchegaraviy kirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Yevroosiyo “beshligi” mamlakatlaridagi makroiqtisodiy vaziyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdi.
YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan Yevroosiyo transport yo‘laklariga (marshrutlariga) kiruvchi temir yo‘l, avtomobil va port infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijalari tahlil qilindi, shuningdek, bir qator boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov majlisda kuzatuvchi maqomida qatnashdi.