Mirziyoyev tadbirkor Alekperovni qabul qildi — nimalar muhokama etildi?

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30-yanvar kuni rossiyalik tadbirkor Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.
Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Lukoyl”da malakali ishchi kuchiga talab juda yuqori — kompaniya vitse-prezidenti