TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiy AQShning sobiq prezidenti Jo Baydendan shikoyat qildi, chunki u tufayli Ukraina mojaro boshida “yakka” kurashishga majbur bo‘lgan. Bu haqda u "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning ta’kidlashicha, u Oq uyning sobiq rahbariga Rossiyaga qarshi profilaktika choralarini ko‘rish zarurligi haqida aytgan, chunki uning qo‘shinlari Ukraina bilan chegarada to‘plangan.
“Zelenskiy ham qurol-yarog‘ berishni so‘ragan”, — deya xabar qildi telekanal va unga rad javobini berilgani aytildi.
Kiyev rejimi rahbarining qayd etishicha, natijada mojaro boshida ukrainaliklar “o‘z holiga qo‘yilgan va yolg‘iz kurashgan”.
Demokratlarga qarshi bunday hujumlar Donald Tramp AQSh hokimiyati tepasiga kelganidan so‘ng darhol boshlandi.