Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Porox o‘rniga makkajo‘xori uni”: Ukraina harbiylariga yaroqsiz granatalar yuborildi

Ukrainlik jurnalist: F-1 yaroqsiz granatalari frontga kelib tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlariga makkajo‘xori uni bilan to‘ldirilgan F-1 granatalari yetkazib berildi. Bu haqda RIA Novosti ukrainlik jurnalist Yuriy Butusovning OAVga aytgan so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga, ehtimol, don bilan to‘ldirilgan yaroqsiz granatalar yuborilgan.
“F-1 yaroqsiz granatalari frontga kelib tushdi”, — deydi Butusov.
Maqolada qayd etilishicha, jurnalist e’lon qilgan videoda Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari porox o‘rniga makkajo‘xori uniga o‘xshab ketadigan granatani ko‘rsatmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Amerikaliklar Ukrainaga yordam to‘xtatilishini olqishlamoqda