"ATI.SU yuk tashish birjasiga joylashtirilgan O‘zbekistondan boshqa davlatlarga yuk tashish uchun arizalar soni 48 foizga, narxlar esa 6 foizga oshdi", —deyiladi xabarda.
“Ikkinchi yarim yillikda eksport tashuvlariga talabning keskin ortishi biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Lekin shunga o‘xshash tendensiyalarni Markaziy Osiyoning ba’zi boshqa mamlakatlarida, masalan, Qozog‘istonda ham ko‘ramiz. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, bunga ko‘p jihatdan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketlari va birinchi navbatda AQSh joriy etgan iyundagi cheklovlar sabab bo‘lmoqda. Ular qator hududlarda, jumladan, Xitoyda rossiyalik importchilar uchun to‘lovlarni sezilarli darajada murakkablashtirgan, bu esa ularni boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekistondan yetkazib beruvchilarni izlashga majbur qilgan”, — dedi ATI.SU xalqaro yuk tashish birjasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vaxidov.