"MDH rassomlarining grafikasi" ko‘rgazmasidan fotoreportaj

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida "MDH rassomlarining grafikasi" ko‘rgazmasi ochildi.
Sputnik
Ushbu ko‘rgazmada MDH mamlakatlarining mashhur rassomlari ijodi bilan tanishish mumkin. Noyob grafik asarlar tomoshabinlarni o‘tmish va bugunni bog‘lovchi san’atning sirli va chuqur dunyosiga olib kiradi.
Mashhur ijodkorlar va noyob asarlar:
Ko‘rgazmada MDH mamlakatlarining yetakchi rassomlari asarlari namoyish etilmoqda. Ular quyidagilar:
G. Sereteli (Gruziya),
A. Guseynov (Ozarbayjon),
R. Azimov (Tojikiston),
A. Petrov, V. Ivanov (Rossiya),
I. Vohitov, M. Kagarov, A. Mamajonov, M. Sodikov (O‘zbekiston),
A. Beysembinov, D. Zulfukorova (Qozog‘iston).
Ko‘rgazma suratlari — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
1 / 18

Gazali-Dibir Izrailov (Dog‘iston) Nomsiz 1982, litografiya

2 / 18

Ko‘rgazmada "O‘zmilliybank" AJ to‘plamiga kiruvchi grafika san’atining eng sara namunalari namoyish etilmoqda

3 / 18

Gurbangeldi Gurbanov (Turkmaniston) Belujidagi to‘y 1978, litografiya

4 / 18

Gogi Sereteli (Gruziya) Bahor 1972, litografiya

5 / 18

Grafika san’ati an’analar, falsafa va turli badiiy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, kam vositalar orqali chuqur ma’nolar va his-tuyg‘ularni yetkaza oladi

6 / 18

Patxulla Haitov (O‘zbekiston) Bolalik xotirasi 1982, linogravura

7 / 18

Ko‘rgazmada turli texnikalardagi asarlar, jumladan, ofort, linogravura, litografiya va akvarel ishlari o‘rin olgan

8 / 18

Inna Vasilyeva (O‘zbekiston) Bolalar dunyoni tasvirlashadi 1985, litografiya

9 / 18

Ko‘rgazma MDH mamlakatlari tarixi, san’ati va insoniyatning umumiy qadriyatlarini grafika san’ati prizmasi orqali chuqurroq anglashga yordam beradi.

10 / 18

Bu ko‘rgazma nafaqat estetik bahra olish imkoni, balki ta’limiy loyiha sifatida ham qimmatlidir

11 / 18

Medat Kagarov (O‘zbekiston) Oljas Suleymenov she’riyati 1988, aralash tehnika

12 / 18

Ko‘rgazma mehmonlari

13 / 18

Irena Kachenauskayte (Litva) Klaypeda 1977, litografiya

14 / 18

Ko‘rgazma ochilishida grafika bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi A. Mamajonov, ijodkorlar E. Pak va D. Tuxtakulov mehmonlar hamda talabalarga o‘z bilim va tajribalarini ulashdilar.

15 / 18

Arsen Beysembinov (Qozog‘iston) Yomg‘ir 1982, litografiya

16 / 18

Ushbu asarlar har bir muallifning noyob tafakkuri, milliy qadriyatlari va madaniy merosini yorqin aks ettiradi.

17 / 18

Anatoliy Kulinich (Moskva) Ta’qibchilar 1979, litografiya

18 / 18

"MDH rassomlarining grafikasi" ko‘rgazmasi 1970-1980 yillar madaniy va badiiy xilma-xilligini o‘zida mujassam etgan asarlar to‘plamidir

Ko‘rgazma 2025-yil 23-fevralgacha davom etadi.