Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Amerikaliklar Ukrainaga yordam to‘xtatilishini olqishlamoqda

Marjori Teylor Grin Kongressda Trampning Ukraina bo‘yicha qaroriga qoyil qolishganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Amerika xalqi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining boshqa davlatlarga yordamni to‘xtatish haqidagi qarorini olqishlamoqda. Bu haqda AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Tramp rasman AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi: u qanday ishlarni amalga oshirishga ulgurdi?
“Prezident Tramp va bizning yangi davlat kotibimiz Marko Rubio Ukraina va boshqa mamlakatlarga barcha xorijiy yordamni to‘xtatdi. Davlat departamenti shokda, ammo Amerika xalqi unday emas, biz nishonlamoqdamiz”, — deb yozadi u.
Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlarini, jumladan, Kiyevni moliyalashtirishni darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. Biroq Isroil va Misrga yordam berish to‘xtatilmagan.
Bundan tashqari, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
Tramp darhol Putin bilan uchrashmoqchi