TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Belarusdagi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko yetakchilik qilmoqda. Bu haqdagi mamlakat Markaziy saylov komissiyasining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
“Viloyatlar va Minsk shahar komissiyalarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz to‘pladi”, — deyiladi xabarda.
Prezidentlik saylovida yakuniy ishtirok 85,70 foizni tashkil qilgan. Muddatidan oldin ovoz berish 21-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi, unda saylovchilarning 41,81 foizi ishtirok etdi.
Nomzodlar natijalari:
amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko — 86,82 foiz;
Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Sergey Sirankov — 3,21 foiz;
Liberal-demokratik partiya rahbari Oleg Gaydukevich — 3,2 foiz;
avvalgi saylovlarda sobiq nomzod, tadbirkor, partiyasiz Anna Kanopaskaya — 1,86 foiz;
Mehnat va adolat respublika partiyasi yetakchisi Aleksandr Xijnyak — 1,74 foiz.
Ma’lum qilinishicha, 5 ming 325 saylov uchastkasi, jumladan, shifoxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa vaqtinchalik yashash joylarida 207 ta, harbiy qismlarda 12 ta saylov uchastkasi faoliyat yuritdi. Belarusdagi saylovlarni 52 ta davlatdan 486 nafar xalqaro kuzatuvchi va 44361 nafar milliy kuzatuvchi kuzatdi. Shuningdek, mamlakatda 23 ta davlatdan 331 nafar xorijlik jurnalist ishlagan.
MDH PA xalqaro kuzatuvchilari Belarusdagi prezidentlik saylovlarini kuzatishda 321 ta saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.