TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha Ivan Yarigin xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha Ivan Yarigin xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Har ikki medal ayollar kurashi dasturida qo‘lga kiritildi. -57 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Laylo Sobirova kumush medal sohibiga aylandi.
Shuningdek, -50 kg vazn toifasida kurash olib borgan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjayeva bronza medali bilan taqdirlandi.