TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezidentning tegishli farmoni bilan operachi Otabek Nazirovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni berildi.
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri opera artisti Nazirov Otabek Baxadir o‘g‘liga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni berilsin”, — deyiladi prezident rasmiy saytida e’lon qilingan hujjat matnida.
Farmonga ko‘ra, Nazirovga mazkur unvon o‘zining yorqin iste’dodi, ijro mahorati bilan o‘zbek opera san’atini va milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun berilmoqda.
Otabek Nazirov
© Otabek Nazirov
Shuningdek, Nazirov unvonni xalqaro miqyosda ijodiy aloqalarni mustahkamlash, xalqni jahon mumtoz musiqasidan bahramand etish, yoshlarning san’at olamiga qiziqishi va mehrini oshirish, ularni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun olmoqda.