Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lukashenko: G‘arbda hech kim Ukraina xalqi uchun sarmoya kiritmaydi

Lukashenko: Ukrainani mojarodan keyin tiklashda faqat Rossiya yordam bera oladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, G‘arbda hech kim Ukraina xalqi manfaati uchun Ukrainaga sarmoya kiritmaydi, faqat Rossiya mojarodan keyin mamlakatni tiklashga yordam beradi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Hech kim Ukraina xalqi manfaati uchun Ukrainaga sarmoya kiritmaydi. Ha, qayerdadir konlarni, iqtisodiyotning foydali qismlarini transmilliy kompaniyalar, tabiiyki Amerika, Yevropa... Ammo mamlakatni qayta tiklashda – faqat Rossiya (qo‘lidan keladi – tahr.). Lekin eng muhimi, Ukraina xalqining 75 foizi (mamlakatni tiklashi kerak – tahr.) va ular safarbar qilinishi kerak”, dedi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
G‘arb Ukrainadagi mojaroga barham berishning to‘rtta ssenariysini ma’lum qildi