TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlariga endi Qatarda ham ishlash imkoniyati ochilmoqda, deya xabar berdi Mirgatsiya agentligi matbuot xizmati.
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qatardagi elchixona mas’ullaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Dohada yirik ish beruvchi kompaniya rahbari Muhammad Al-Suvaydiy bilan uchrashdi.
Hamad Medical Corparation
© Migratsionnoe agentstvo
Muloqotda, bugungi kunda Qatarda umumiy hisobda 12 ming hamshira mavjud bo‘lsa, shundan atigi 70 nafari qatarliklar, qolgani chet elliklar ekani ta’kidlandi.
Hamad Medical Corparation
© Migratsionnoe agentstvo
“Uchrashuvda "Hamad" tibbiyot muassasasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlikka kelishib olindi. Hamkorlar yiliga 1000 nafar hamshiraga ehtiyoji borligini bildirgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda ish beruvchi talabi asosida maqsadli tayyorlashga barcha sharoitlarni yaratishini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Qatardagi eng yirik tibbiyot muassasasi "Hamad Medical Corparation" bo‘lib, mamlakatda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning 90 foizi ushbu muassasa hissasiga to‘g‘ri keladi.