TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari DXRning Solonoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Faol hujum harakatlari natijasida “Markaz” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Solonoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, guruh jangchilari oltita aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining beshta mexanizatsiyalashgan, motopiyoda brigadalari va Ukraina milliy politsiyasining “Lyut” hujum brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etishdi.
Dushman 570 nafar harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar mashina, to‘qqizta avtomobil, 155 mm Krab o‘ziyurar artilleriya moslamasini yo‘qotdi.
Oxirgi sutkada aviatsiya, uchuvchisiz samolyotlar, raketa kuchlari va artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy aerodromlari va Ukraina harbiy-sanoat kompleksi faoliyatini ta’minlovchi muhim gaz obyektlariga zarba berdi.
Bundan tashqari, rus qo‘shinlari 144 ta hududda dushmanning ishchi kuchi va texnikasi to‘planishini yakson qildi.