TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari intellektual transport tizimlarining o‘zaro ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyani ma’qulladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Konsepsiyaning amalga oshirilishi tashuvchi ob-havo sharoiti, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida standartlashtirilgan ma’lumotlarni oladigan yagona axborot maydonini yaratadi.
Konsepsiya Ittifoq doirasida a’zo davlatlarning intellektual transport tizimlarining o‘zaro ta’sirini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni belgilaydi.
Bu yo‘l-transport infratuzilmasiga intellektual transport tizimlari texnologiyalarini faol joriy etishga ko‘maklashadi. Shuningdek, yo‘l harakati qatnashchilariga, shu jumladan Yevroosiyo transport yo‘laklarida intellektual transport tizimlari operatorlari mas’uliyatini o‘tkazish sohalarida axborot ta’minotini ko‘rsatishda ularning faoliyati samaradorligini oshiradi.
“Transport oqimlari o‘zgarishining yuqori dinamikasining zamonaviy sharoitida milliy transport komplekslari faoliyati sifatini oshirish va infratuzilmaga yuklarni oqilona taqsimlashda aynan intellektual tizimlar markaziy o‘rin tutadi”, — dedi YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev.