Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonda bo‘lib turibdi — tashrifdan maqsad

Andrey Belousov O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov, shuningdek, mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya harbiy muassasi boshlig‘i Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov, shuningdek, mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Belousov tashrif chog‘ida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
O‘zbekiston armiyasi raqamlarda