Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaga borish uchun Ukraina armiyasi bilan shartnoma imzoladim — ukrain askari

Asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatchi Rossiyaga kelish uchun shartnoma imzolaganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatchi Dmitriy Verbiskiy taslim bo‘lish va Rossiyaga borish uchun Ukraina Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolaganini aytdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

“Men o‘z xohishim bilan shartnoma imzoladim, bundan oldin rejalashtirganimdek, Rossiyaga borishni orzu qilardim, bu yerda qolishimdan ko‘ra ko‘proq imkoniyat bo‘ladi deb o‘ylayman”, — dedi u.

Askarning so‘zlariga ko‘ra, u talonchilik qilgani uchun koloniyaga jo‘natilganidan keyin Ukraina Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolash taklifini olgan. Tayyorgarlikdan so‘ng u Sumi yaqinidagi bo‘linmaga, so‘ngra Kursk viloyatiga o‘tkazildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Yaralanganimga qaramay, safdoshlarim tashlab ketdi” — ukrain askari