TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Davlatga xiyonatda gumon qilinib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan Oliy Rada deputati Aleksandr Dubinskiy AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga uning hamkasblari taklif etilmaganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan, deya xabar berdi RIA Novosti.
“E’tiborlisi, Tramp jamoasi parlamentda vakili bo‘lgan ukrainalik siyosatchilardan birortasini Vashingtonga taklif qilmadi. Bu ularning hech biri bilan muloqot yo‘qligi va bo‘lishi dargumon degan fikrimni tasdiqlaydi”, — deya yozgan Dubinskiy.
Bundan tashqari, u ukrainlik siyosatchilarni sotqinlar to‘dasi deb atadi.
Avvalroq Tramp, agar u Jo Bayden o‘rniga prezident bo‘lganida, maxsus harbiy operatsiya hech qachon boshlanmagan bo‘lishini aytgan edi. Shuningdek, agar u qayta saylansa, bu muammoni hal qilishga va’da bergan.