TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston komsomol faxriysiga “Baykal-Amur magistraliga 50-yil” yubiley medalini topshirdi, deya xabar berdi elchixona matbuot xizmati.
Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston komsomol faxriysiga “Baykal-Amur magistraliga 50-yil” yubiley medalini topshirdi
© Posolstvo Rossii v Uzbekistane
“Shu yilning 20-yanvar kuni Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston komsomol faxriysi R.A.Alimovga “Baykal-Amur magistraliga 50-yil” yubiley medalini topshirdi. Rihsi Amanovichni yubiley medali bilan tabriklaymiz, uning qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaymiz. Uzoq umr va farovonlik tilaymiz!”, — deyiladi xabarda.
Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston komsomol faxriysiga “Baykal-Amur magistraliga 50-yil” yubiley medalini topshirdi
© Posolstvo Rossii v Uzbekistane
Baykal-Amur magistrali (BAM) XX asrning eng yirik global infratuzilma loyihalaridan biri sifatida tarixga kirdi. BAM Sharqiy Sibir va Rossiyaning Uzoq Sharqidan o‘tuvchi bu temir yo‘l uzunligi 4324 kilometr bo‘lib, dunyodagi eng yirik temir yo‘l liniyalaridan biridir. U uchta vaqt zonasini va Rossiyaning olti mintaqasini kesib o‘tadi. Aynan 1974-yilning 8-iyul kuni "Baykal-Amur temir yo‘lini qurish to‘g‘risida" qaror qabul qilindi. Temir yo‘l eng og‘ir iqlim sharoitida qurilgan.