O‘zbekiston va YeOII

YeIK: chorvachilikda genomik seleksiyani joriy etish bo‘yicha yondashuvlar ma’qullandi

Genomik seleksiyani joriy etish chorvachilikning barqaror rivojlanishini ta’minlash va tarmoqning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) chorvachilikda genomik seleksiyani joriy etish bo‘yicha yondashuvlarni ma’qulladi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati chorvachilikda genomik seleksiyani qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini genomik baholashni amalga oshirish bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida kelishilgan yondashuvlarni ko‘rib chiqdi.
Genomik seleksiyani joriy etish YeOIIda hayvonlarning naslchilik qiymatini baholash va prognozlash tizimini shakllantirish orqali chorvachilikning barqaror rivojlanishini ta’minlash va tarmoqning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.