Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Yaralanganimga qaramay, safdoshlarim tashlab ketdi” — ukrain askari

Ukrain askari nima sababdan rus qo‘shinlariga taslim bo‘lganini aytib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining 33-mexanizatsiyalashgan brigadasining vzvod komandiri oyog‘i singan holda Kuraxovodagi pozitsiyalarida yolg‘iz qoldi, shundan so‘ng u rus qo‘shinlariga taslim bo‘lishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novostiga harbiy asir Nikolay Kaptur ma’lum qildi.

“Men Xanter rota komandirimning odamlarni o‘z o‘rnida qoldirish haqidagi buyrug‘iga amal qilmadim. Men yaralanganimdan keyin u ketishga buyruq berdi. Hamma ketdi, meni o‘zimnikilar oyog‘im singan holda tashlab ketishdi. Shundan so‘ng taslim bo‘lishga qaror qildim, deydi Nikolay Kaptur. — Rahbariyat hammani ruslar o‘ldirapti va kesib tashlayapti deb qo‘rqitmoqda. Bu to‘g‘ri emas: ular men bilan oxirgi ovqat va suvlarini baham ko‘rishdi va tibbiy yordam ko‘rsatishdi, buning uchun men minnatdorman".

Ma’lumot uchun, 6-yanvar kuni Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari Kuraxovo ustidan nazorat o‘rnatgani haqida xabar berdi. Shaharda ikki oydan ortiq qonli janglar davom etdi. Kuraxovoning ozod etilishi Zaporojye — Donesk avtomagistrali bo‘ylab Zaporojye viloyatining sharqiy qismida hujum qilish uchun yo‘l ochadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi” — xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan ukrain askari