Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya maxsus operatsiyada xorijiy yollanma askarlarning ishtirokidan xabardor — Peskov

Rossiya Kiyev tomonida xorijlik yollanma askarlar jang qilayotganidan xabardor.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva xorijlik yollanma askarlar Kiyev rejimi tomonida jang qilayotganidan xabardor, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskov jurnalistning Ukraina tomonidagi xorijiy yollanma askarlarning maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etishiga Kreml umuman qanday munosabatda ekanligi haqidagi savoliga javob berdi.
"Biz yaxshi bilamiz va bularning barchasi joylarda qayd etilmoqda, xorijlik yollanma askarlar Kiyev rejimi tomonida harbiy amaliyotlarda qatnashmoqda", — deydi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi