O‘zbekiston va BAA prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar yakunida qanday hujjatlar imzolandi?

Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va BAA o‘rtasida bir qator hamkorlik hujjatlari imzolandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Abu-Dabida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Imzolangan hujjatlar:
Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya;
Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
investitsiyalar, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, adliya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimlar;
Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma, Diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqalar.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida iqtisodiy sheriklikning yangi davri boshlandi — tafsilotlar