O‘zbekiston va YeOII

Armanistonning YeI va YeOIIga a’zoligi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi — Lavrov

Sergey Lavrov: bu ikki xil erkin savdo zonasi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Armanistonning Yevropa Ittifoqi (YeI) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zoligi bir-biriga mos kelmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2024-yildagi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning eslatishicha, avvalroq YeOIIni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk bu masala bo‘yicha izoh bergan edi.
“Bu ikki xil erkin savdo zonasi, boj va tariflarni kamaytirish yoki bekor qilishning ikki xil tizimi, ular bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.
Ukraina bo‘yicha tashabbus, NATO va’dasi, Putin va Tramp uchrashuvi: Lavrovning asosiy fikrlari
O‘zbekiston va YeOII
Yerevan YeOIIdan chiqmoqchi emas — Armaniston iqtisodiyot vaziri