Matbuot markazi

Anons: Toshkentning yangi bosh rejasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Matbuot anjumanida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Saidazim Sharipov ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. 16-yanvar soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Toshkentning yangi bosh rejasi: poytaxtni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va o‘zgarishlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Saidazim Sharipov ishtirok etadi.
O‘zbekiston hukumati Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. Yangi rejada shaharni kelgusi yillarda rivojlantirish uchun qanday asosiy o‘zgarishlar va maqsadlar ko‘zda tutilgan? Bu va boshqa savollarga matbuot anjumani ishtirokchisi javob beradi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.