TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. “Ukrainchilik”ka berilib ketgan kiyevlik targ‘ibotchilar buning aksini qanchalik da’vo qilishmasin, ukrain xalqi ruslar uchun qardosh bo‘lib qoladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi, Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimanki, ukrain xalqi biz bilan yaqin, qardosh, Rossiya bilan ko‘p asrlik rishtalari bilan bog‘lanib qoladi, “ukrainchilik”ka berilib ketgan kiyevlik targ‘ibotchilar buning aksini qanchalik da’vo qilishmasin. Biz Ukrainada bo‘layotgan voqealarga befarq emasmiz”, — dedi Patrushev “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina AQShning iste’foga chiqqan prezidenti Jo Bayden ma’muriyati uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan, ammo Xitoydan ko‘proq xavotirda bo‘lgan Donald Tramp uchun bunday bo‘lmaydi.