“Zarar yadroviy zarbadan ko‘ra ko‘proq” — Tramp Los-Anjelesdagi yong‘inlar haqida

Trampning aytishicha, Los-Anjelesdagi yong‘inlar yadroviy zarbadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp "Newsmax" nashriga bergan intervyusida Los-Anjelesdagi yong‘inlarning zarari yadroviy zarbadan ko‘ra ko‘proq ekanligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“(Vaziyat – tahr.) televizorda ko‘rganingizdan ham yomonroq. O‘ylaymanki, zarar yadro quroli qo‘llanganidan ko‘ra kattaroqdir”, — dedi Tramp Los-Anjelesdagi yong‘inlar yuzasidan munosabat bildirish chog‘ida.

Los-Anjeles okrugida 7-yanvar kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari shtat tarixidagi eng yirik yong‘inlar sanaladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlarning umumiy maydoni 16 ming gektardan oshgan. Kamida 24 kishi halok bo‘ldi, 12 300 tadan ortiq bino, jumladan, mashhurlarning uylari vayron bo‘ldi. Meteorologlarning qayd etishicha, quruq va shamolli ob-havo yong‘inning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari: qurbonlar soni 11 kishiga yetdi