Lavrov: Yaponiya Rossiya bilan munosabatlarda noziklikni yo‘qotdi

Lavrov: Yaponiya Rossiya bilan munosabatlarda tashqi siyosatdagi noziklikni yo‘qotdi
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Yaponiya Moskva bilan munosabatlarda tashqi siyosatdagi noziklikni yo‘qotdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2024-yildagi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

"Yaponiya har doim hayotga juda nozik munosabati bilan ajralib turadi, oshxonadan tortib marosimlargacha. Bu noziklik biz bilan munosabatlarda qayerdadir yo‘qoldi", — dedi Lavrov.

Vazirning ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlardagi barcha regressiyalar, shuningdek, “hamma narsaning, jumladan, eng yuqori darajadagi muntazam hurmatli siyosiy muloqotning barbod bo‘lishi” Tokio tashabbusi bilan sodir bo‘lgan.
Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish buyrug‘ini oldi va darhol bu buyruqni bajardi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina bo‘yicha tashabbus, NATO va’dasi, Putin va Tramp uchrashuvi: Lavrovning asosiy fikrlari