Rossiyada xorijlik abituriyentlar rus tilidan yagona test topshiradi — tafsilotlar

Rossiya Ta’lim va fan vazirligi xorijlik abituriyentlar uchun rus tilidan yagona test tizimini yaratadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Rossiya Ta’lim va fan vazirligi RIA Novostiga xorijlik abituriyentlar uchun rus tilidan yagona test sinovi ishlab chiqilayotgani haqida ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi prezidentining topshirig‘iga muvofiq, xorijlik abituriyentlar uchun rus tilidan yagona test o‘tkazish, shu jumladan, TRKI tizimidagi joriy imtihon asosida - rus tili chet tili sifatida test ishlab chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, TRKI Rossiyaning yetakchi universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tilni bilish darajasini boshlang‘ich (A1) dan eng yuqori (C2)gacha bo‘lgan darajalar bo‘yicha baholaydi.
“Rus tilini bilmaydigan xorijliklar Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kirishda ta’lim dasturini boshlashdan oldin bir yil tayyorgarlik fakultetida o‘qishlari kerak”, — aniqlik kiritdi vazirlik.
Migrant bolalarning rus tilini bilish darajasini sinovdan o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ldi