Rossiyadan O‘zbekistonga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ro‘yxati kengaytirildi

Endilikda Rossiyaning 422 kompaniyasi chorvachilik mahsulotlarini ushbu O‘zbekistonga eksport qilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) O‘zbekistonga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ro‘yxatini kengaytirdi, deya xabar berdi idora xizmat matbuot xizmati.

“Rosselxoznadzor tomonidan tashqi bozorlarni ochish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moskva viloyati va Boshqirdistonda joylashgan sut mahsulotlari va ichak xomashosi ishlab chiqaruvchi yana uchta korxonani tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Endilikda Rossiyaning 422 kompaniyasi chorvachilik mahsulotlarini ushbu mamlakatga eksport qilishi mumkin. Aytilishicha, xizmat tomonidan respublika bozoriga eksport qilish huquqiga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.