TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 11 oyda 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 174,7 mln dollarga teng bo‘lgan 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan.
O‘zbekiston 2024-yilning 11 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 164,2 ming tonna;
Qozog‘iston – 19,4 ming tonna;
Qirg‘iziston – 14,5 ming tonna;
Belarus – 6,6 ming tonna;
Ukraina – 334 tonna;
Mo‘g‘uliston – 128 tonna;
Boshqa davlatlar – 393 tonna.
Bugungi kunda O‘zbekistonda uzum va boshqa rezavorlarning 18 navi yetishtiriladi, shundan 13 tasi Toshkent viloyatida maxsus yaratilgan. 2021-2023 yillarda respublikada 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi.