TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. So‘nggi 24 soat ichida Rossiya qo‘shinlari Ukraina harbiy aerodromlari, Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarbalar berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Rossiya Qurolli kuchlari guruhlarining tezkor-taktik aviatsiyasi, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi harbiy aerodromlar infratuzilmasiga, shuningdek, dushmanning 139 ta hududda ishchi kuchi va to‘plangan texnikasiga zarar yetkazdi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa kuchlari 55 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirdi.