TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQShning Kaliforniya shtatidagi yong‘in qurbonlari soni 11 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “CBS News” Los-Anjeles okrugi tibbiy ekspertiza idorasiga tayanib.
“Iton” yong‘ini natijasida olti kishi, “Paliseyds” yong‘inida esa besh kishi halok bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Joriy hafta o‘rtalarida Los-Anjeles okrugini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Ushbu tabiiy ofat allaqachon mintaqa tarixidagi eng halokatlilaridan biri deb nom oldi. Meteorologlarning fikricha, yong‘inning tez tarqalishiga quruq va juda shamolli ob-havo sabab bo‘lgan.
Allaqachon o‘n mingdan ortiq binolar yonib ketgan, jumladan mashhur Gollivud aktorlari - Entoni Xopkins, Adam Brodi, Anna Feris, Mel Gibson va boshqalarning uylari. Ob-havo monitoringi xizmati “AccuWeather” hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar 150 million dollar atrofida bo‘lishi mumkin.