O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishga tushirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
10 yanvar kuni YeIK maydonida YeIK Savdo siyosati departamenti direktori Vladimir Serpikov va Xitoyning Rossiyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muxtor vaziri Lyu Szin o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishidagi kelishuvlarni amalga oshirish holatini, shuningdek, 2023-yilda tasdiqlangan YeOII-XXR yo‘l xaritasini amalga oshirishni muhokama qildi.
Bundan tashqari, 2025-yilda Ittifoq davlatlaridan birida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishiga faol tayyorgarlik ko‘rishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekistonda pensiya yoshi — infografika