Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Toshkent jamoat transporti kelajagi: naqd pulsiz hisob-kitoblar va uning shaharga ta’siri” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Transport vazirligi va "Toshshahartransxizmat" AJ vakillari naqd pulsiz hisob-kitoblarning joriy etilishi shahar transporti faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, poytaxt aholisi va sayyohlarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida ma’lumot berishdi hamda jurnalistlar savollariga javob berishdi.
ATTO ijrochi direktori Davron Shoyoqubov yangi tizimning afzalliklari – uning foydali tomonlari, qulayligi va xavfsizligi hamda yo‘l haqini to‘lashning odatiy jarayonini qanday o‘zgartirishi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan Toshkent jamoat transportida yo‘lkirani naqd to‘lash to‘xtatildi va QR-kodli yagona chiptalar muomalaga kiritilgan edi.
Batafsil – Sputnik videosida.