Trampga javob: Meksika prezidenti Amerikaga tarixiy nomini qaytarishni taklif qildi

Sheynbaum ma’muriyati maslahatchisi Xose Alfonso Suares del Realning so‘zlariga ko‘ra, Meksika ko‘rfazi nomi XVI asrdan beri xalqaro miqyosda tan olingan.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Donald Trampning Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash niyati haqidagi so‘zlaridan so‘ng bu nom xalqaro institutlar tomonidan uzoq vaqt oldin tan olinganini ta’kidladi. U butun qit’aga Meksika Amerikasi tarixiy nomini qaytarishni taklif qildi.
“Shubhasiz, Meksika ko‘rfazining nomini Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligi tan olgan. Lekin nega biz (Shimoliy Amerikani - tahr.) Meksika Amerikasi deb atamaymiz? Chiroyli eshitiladi, shunday emasmi? Aslini olganda, 1607-yildan beri, Apatsingan tashkil topganidan beri, u Meksika Amerikasi bo‘lgan”, - dedi Sheynbaum matbuot anjumanida qit’aning tarixiy xaritalarini taqdim etib.
Bir kun avval AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika ko‘rfazining nomini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirish niyati borligini ma’lum qilib, bu qadam uning ma’muriyati yangi siyosatining bir qismiga aylanishini ta’kidladi. Tramp uning ma’muriyati ko‘rfaz nomini o‘zgartirishga aniq qachon qaror qilishi mumkinligini aytmadi, biroq yaqin orada bu haqda e’lon qilinishini ta’kidladi.
Meksika prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qatnashgan Sheynbaum ma’muriyati maslahatchisi Xose Alfonso Suares del Realning so‘zlariga ko‘ra, Meksika ko‘rfazi nomi XVI asrdan beri xalqaro miqyosda tan olingan va AQShdan ham qadimiy hisoblanadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukrainaning NATOga qo‘shilish masalasi "yopiq" ekanini aytdi