TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina harbiy aerodromlari infratuzilmasiga, shuningdek, yig‘ish sexlari va dronlar saqlash joylariga zarba berdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“163 ta hududda Ukraina Qurolli kuchlari qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma askarlarning ishchi kuchi va texnikasi to‘plami yakson qilindi”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Zarbalar aviatsiya, uchuvchisiz samolyotlar, raketa qo‘shinlari va artilleriya tomonidan amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa tizimlari Fransiyada ishlab chiqarilgan Hammer boshqariladigan aviabombani, AQShda ishlab chiqarilgan 14 ta HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlarini va 71 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirdi.