TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning turli hududlaridan xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avtobus qatnovlarini quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish rejalashtirilmoqda:
Qozog‘istonga:
Buxoro – Turkiston
Urganch – Aktau
Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali)
Tojikistonga:
Samarqand – Dushanbe
Buxoro – Dushanbe
Qirg‘iz Respublikasiga:
Andijon – O‘sh
Andijon – Jalolobod
Andijon – Arslanbob
Kosonsoy – Jalolobod
Buxoro – Bishkek
Rossiyaga:
Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva
Urganch – Nukus – Ufa
Nukus – Krasnodar
Toshkent – Ufa
Toshkent – Krasnodar
Xitoyga:
Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
“Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi vazirlik xabarida.