O‘zbekiston va YeOII

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 334 tonna yog‘ sotib oldi

Liniya fasovki podsolnechnogo masla
Qirg‘iziston yetishmayotgan kungaboqar yog‘ining deyarli barchasini YeOII davlatlaridan sotib olmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistondan 334 tonna yog‘ sotib oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qirg‘iziston yetishmayotgan kungaboqar yog‘ining deyarli barchasini YeOII davlatlaridan sotib olmoqda. Aytilishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qirg‘iziston o‘zini o‘simlik yog‘i bilan 30 foizga ta’minlagani haqida xabar bergan.
Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yil yanvar-oktabr respublikaga 32,8 ming tonna yog‘ import qilingan.
Eksport qiluvchi davlatlar:
Rossiya - 24,7 ming tonna;
Qozog‘iston - 7,5 ming tonna;
O‘zbekiston – 334 tonna;
Turkiya - 141,4 tonna;
AQSh - 40 tonna;
Ozarbayjon - 21,8 tonna;
Xitoy - 0,1 tonna.
2023 yilning shu davrida Qirg‘iziston 36,3 ming tonna yog‘ import qilgan.