Abdulla Aripov bugun Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari bilan uchrashadi

Premyer-ministr respubliki Abdulla Aripov
Uch tomonlama uchrashuv Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari kesishgan joyda bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyev, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Qirg‘iziston hukumati.
“Joriy yilning 8-yanvar kuni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Adilbek Qosimaliyev O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan uchrashadi”, — deyiladi xabarda.
Uch tomonlama uchrashuv Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari kesishgan joyda bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari o‘rtasida davlat chegaralari masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.