TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston xorijga qiymati 21,8 mln dollarga teng gilam eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Respublika 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 21,8 mln dollarga teng bo‘lgan 7 323 ming kv.m gilam eksport qilgan.
O‘zbekiston 11 oyida eng ko‘p gilam eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon — 2 103 ming kv.m;
Qirg‘iziston — 1 991 ming kv.m;
Afg‘oniston — 1 226 ming kv.m;
Rossiya — 989 ming kv.m;
Qozog‘iston — 649 ming kv.m;
Boshqa davlatlar — 365 ming kv.m.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gilamlarning asosiy xaridorlari qo‘shni davlatlar bo‘lgan. Unda Qirg‘iziston 10 million dollarlik gilam xarid qilgan. Ikkinchi o‘rinda Tojiksiton - 5,3 mln dollarlik. Keyingi o‘rinlarda Rossiya ($2,5 mln), Ozarbayjon ($2,2 mln) va Afg‘oniston ($1,7 mln).