O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi: tabiat va his-tuyg‘ular muloqoti

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi – bu klassika bilan zamonaviylik uyg‘unlashgan san’at durdonasi.
Sputnik
Galereyada 2000 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari to‘plami mavjud bo‘lib, bu to‘plam O‘zbekiston tasviriy san’atining barcha ijodiy maktablari va yo‘nalishlari xilma-xilligini aks ettiradi. Har bir tashrif buyuruvchi o‘zbek san’atining betakror dunyosini kashf qilishi mumkin.
"Abstrakt san’at – bu nafaqat vizual zavqlanish, balki shaxsiy mulohazalar maydonidir. Har bir asar insonni o‘zi bilan muloqotga chorlaydi", – deydi san’atshunos Saodat Ro‘ziyeva.
Zamonaviy san’at gorizontlari
Hozirgi vaqtda galereyaning ekspozitsiyasi o‘zbek rassomlarining g‘oyalar erkinligi va mahoratini aks ettiruvchi abstrakt san’at asarlarini namoyish qilmoqda. Larisa Dabija, Sharifa Sharafxo‘jayeva, Nuriddin Rasulov, Anna Sand, Inna Sandler, Diyor Raziqov va Florida Gambarovalarning asarlari tabiat va ranglar boyligini ochib beradi. Ushbu asarlar tomoshabinni vizual talqinlar olamiga chorlaydi.
Larisa Dabija: "Qizil sahro"
Ekspozitsiyaning markaziy asari Larisa Dabijaning "Qizil sahro" kartinasi bo‘lib, u boy palitra va shakllar dinamikasi bilan hayratga soladi. Qizil osmon – olov ramzi, hamda yumshoq ko‘k chiziqlar – suv timsoli, bir-biri bilan uyg‘unlashib, chuqur ma’nolarni aks ettiradi. Bu asarda tabiatning uyg‘unligi va abadiy qarama-qarshiligini his qilish mumkin.
Nuriddin Rasulov: "Sahar"
"Sahar" asarida Nuriddin Rasulov tabiatning uyg‘onish daqiqasini mahorat bilan tasvirlaydi. Oltin va ko‘kimtir-yashil ranglarning uyg‘unligi yengillik va shaffoflik hissini uyg‘otadi. Asar teksturasi tabiat harakatlarini – maysalarning yengil tebranishi va suv to‘lqinlarini eslatadi, tomoshabinga tabiat bilan uyg‘unlik tuyg‘usini taqdim etadi.
Anna Sand: "Refleksiya"
Anna Sandning "Refleksiya" asari orzular va mulohazalar muhitini yaratadi. Yumshoq qo‘ng‘ir va kulrang-siyoh ranglar oqqora soyalar bilan uyg‘unlashib, shafaq osmonini eslatadi. Dinamik mazoklar kompozitsiyaga chuqurlik va ramziylik bag‘ishlaydi, uni umid hissi bilan to‘ldiradi.
His-tuyg‘ular olamiga sayohat
Galereyaning bugungi kundagi ekspozitsiyasidagi har bir asar abstrakt san’atning yangi o‘lchamini ochadi. Asarlar jumboqli, bu yerda tayyor javoblar yo‘q, ularni har bir tomoshabin o‘zicha talqin qiladi va o‘ziga savollar bilan murojaat qiladi.
Sizlarni zamonaviy o‘zbek san’atining o‘ziga xosligi – nur, rang va ma’nolar muloqoti bilan tanishish uchun galereyaga tashrif buyurishga taklif etamiz.
1 / 18

Nuriddin Rasulov "Tong". 2013-yil, mato, moybo‘yoq

2 / 18

Salamat Babajanov "Benom" 2021-yil, mato, moybo‘yoq

3 / 18

Florida Gambarova "Choshgohdagi jazirama". 2014-yil, mato, moybo‘yoq

4 / 18

Bobur Muhammadov "Ehtiros" 2007-yil, mato, moybo‘yoq

5 / 18

Diyor Raziqov "Kompozitsiya". 2013-yil, mato, moybo‘yoq

6 / 18

G‘ofur Qodirov "Avtoportret. Chehra" 1989-yil, mato, moybo‘yoq

7 / 18

Anna Sand "Refleksiya". 2011yil, mato, moybo‘yoq

8 / 18

Li Yelena "Qizil labirint" 1990-yil, mato, moybo‘yoq

9 / 18

Nodir Imomov "Jang" 1999-yil, mato, moyboyoq

10 / 18

Kambina Yelena "Sehrgarlar" diptix. 1996-yil, mato, moybo‘yoq

11 / 18

Vacheslav Useinov "Imo-ishoralar muvozanati" 1996-yil, mato, moybo‘yoq

12 / 18

Muzaffar Abdullayev "Faylasuf" 1994-yil, mato, moybo‘yoq

13 / 18

Nuriddin Rasulov "Moviy vodiyning aks-sadosi". 2013-yil, mato, moybo‘yoq

14 / 18

Bobur Muhammadov "Elf" 1998-yil

15 / 18

Sharifa Sharafxo‘jayeva "Qutb". 2013-yil

16 / 18

Li Yelena "O‘zaro tushunish" 1999-yil

17 / 18

Florida Gambarova "Tantanali" 2006-yil, mato, moybo‘yoq

18 / 18

Larisa Dabija "Qizil cho‘l". 2015-yil, mato, moybo‘yoq